Jahon | 22:17 / 01.12.2015
2524
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqqa IShID bilan kurashda yordam berishi uchun maxsus bo‘linmalarini jo‘natadi

AQShdan Iroqqa IShID jangarilariga qarshi kurashda yordam berishi uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan harbiy otryadlar yuboriladi. Bu haqda Pentagon rahbari Eshton Karterga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Uning qayd etishicha, bu bo‘linmalar Suriya hududida ham IShIDga qarshi harbiy amaliyotlarda ishtirok etishi mumkin.

"Maxsus harbiy xizmatchilardan tarkib topgan bo‘linmalar o‘z missiyasi davomida harbiy reydlar amalga oshirishi, garovdagilarni ozod etishi, dushman to‘g‘risida ma'lumot yig‘ishi hamda jangarilarning rahbarlarini qo‘lga olish bo‘yicha harakatlarni bajarishi nazarda tutilgan", deydi Karter.

O‘tgan haftada AQSh Suriyaning Kobani shahriga 50 nafar harbiy yuborgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish