Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad: Fransiya terrorni qo‘llab-quvvatlamoqda
Suriya prezidenti Bashar Asad Česká televize telekanaliga bergan intervyusida Pragada tinchlik sulhini imzolash imkoniyatini ijobiy baholadi.
Shu bilan birga, u tinchlik sulhining imzolanishi Fransiyada o‘tkazilishi mumkinligiga ishonmasligini bayon qildi.
“Suriyaliklar tinchlik konferensiyasi, masalan, Fransiyada o‘tishi mumkinmas, deb aytishadi, negaki u terrorizmni qo‘llab-quvvatlab, tinchlikka emas, urushga ko‘mak bermoqda”, - dedi u.
Asadning so‘zlariga qaraganda, Chexiya o‘zining muvozanatni ko‘zlagan pozitsiyasi tufayli ham tinchlik kelishuvi uchun maydon bo‘lib xizmat qilishi mumkin.