Jahon | 15:06 / 01.12.2015
3635
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyaning IShIDga “adash” tumani nomini o‘zgartirmaydi

Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Ayzis (Isis) tumani maslahatchisi aholi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida bir xulosaga kelingani va tuman nomi hamda uning mashhur regbi jamoasining nomi o‘zgarmasligini ma'lum qildi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.

Kvinslendda joylashgan mazkur tuman nomi IShID tashkilotining inglizcha qisqartmasi (ISIS) bilan uyg‘unligi bois anglashilmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, mazkur ma'muriy bo‘linmaning Isis Devils nomli regbi jamoasi ham bor.
Ammo tuman rahbariyati bunday anglishlmovchilikdan qo‘rqib, tarixan mustahkamlangan va yaxshi tanish bo‘lib qolgan nomlardan voz kechish niyatlari yo‘qligini bayon qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish