Sport | 19:03 / 01.12.2015
3622
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» 60 ming tomoshabin sig‘imiga ega bo‘ladigan yangi stadioni loyihasini taqdim etdi

Londonning «Chelsi» klubi Xammersmit va Fulhem borolari hokimligiga o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionining yangi loyihasini tasdiqlash uchun yubordi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, yangi loyihaga ko‘ra, stadion sig‘imi 41,6 mingdan 60 ming o‘rindiqqacha kengaytiriladi.

«Stemford Brij» o‘rindiqlaridan tashqari muxlislarning o‘yinni tomosha qilishi, eng yaqin metro bekati orqali stadionga tashrif buyurishi uchun sharoitlarni yaxshilashi ham ko‘zda tutilgan.

Agar mazkur loyiha tasdiqlansa, yangi stadionning qurilish ishlari 2016 yilning may oyidayoq boshlanishi kutilmoqda. Qurilish ishlari 2020 yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan. Yangi loyihada stadion ichida klub muzeyi, ovqatlanish uchun alohida kafelar joy olgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi stadion qurilishi vaqtida «Chelsi» Angliya terma jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Uembli» stadionini ijaraga olishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish