Jamiyat | 20:35 / 01.12.2015
5036
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda farrosh ayol o‘zi yig‘ishtiradigan ofisdan pul o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda

Chilonzorda farrosh ayol o‘zi yig‘ishtiradigan ofisdan pul o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Rohila Boyqo‘ziyeva ish qidirib Yusuf ismli tadbirkor shaxsning huzuriga kelgan. U o‘z uyi va ofisini yig‘ishtirish vazifasini Boyqo‘ziyevaga topshirgan.

Bir muddat o‘z vazifasini yaxshi ado etib kelgan Boyqo‘ziyeva bora-bora maoshidan qoniqmay qo‘ygan. Shundan so‘ng u ofis ichidan sekin-asta buyumlar va naqd pullarni o‘g‘irlay boshlagan.

Undan gumonsiray boshlagan Yusuf bir kuni ofisda 4 mln so‘m pul tashlab ketgan. Ertalab kelib, pullarni topa olmagan. Shundan so‘ng tegishli idoralarga xabar qilgan.

Ayni paytda o‘g‘rilik qilganlikda ayblanayotgan ayolning ishi yuzasidan sud eshituvlari ketmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish