07:28 / 01.12.2015
9967

Erdo‘g‘on agar IShID bilan neft savdosini amalga oshirayotgani isbotlansa iste'fo beradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on agar Turkiya davlati IShID terrorchilik tashkiloti bilan neft savdosi olib borayotgani isbotlansa iste'fo berishini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda TASS.

“Biz terrorchilardan neft sotib olish darajasida past emasmiz. Agar bu isbotlansa men amalimdan ketaman. Agar qandaydir dalil-isbotlar bo‘lsa, olib kelishsin, ko‘rib chiqamiz”, — dedi Turkiya yetakchisi.

Top