18:40 / 01.12.2015
3075

"Gol" filmi ijodkorlari Jyeymi Vardining hayotini kino qilishmoqchi

«Gol» trilogiyasining dastlabki ikkita qismi rejissyori Adrian Bushe Angliyaning «Lester» klubi hujumchisi Jyeymi Vardi hayoti haqida hikoya qiluvchi film suratga olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi bir necha yil muqaddam darajasi jihatdan beshinchi divizion jamoasida to‘p surgan. Qisqa vaqt ichida futbolchi premer-liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lish darajasiga erisha oldi. Shuningdek u Angliya chempionatida ketma-ket gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Hozirda ingliz futbolchisi hisobida ketma-ket 11ta uchrashuvda urilgan gollar bor.

«Odamlarga qiyin vaziyatlardan chiqib ketish uchun kurashadigan va natijaga erisha olgan autsayderlar tarixi haqida kartinalarni tomosha qilish yoqadi. Aynan Vardi buning uchun ajoyib misol bo‘la oladi», deya gapirib o‘tgan Bushe.

Futbolchi rolini o‘ynash uchun Robert Pattinson, Endryu Garfild va Zak Efron kabi taniqli aktyorlar da'vogar sifatida qaralmoqda.

Top