Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: Suriyada IShID tarafdorlari ichida 2 minggacha rossiyalik bo‘lishi mumkin
Bugungi kunda Suriyada bo‘lib, IShID guruhi tarafda turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan rossiyaliklarning miqdori 2 ming kishidan oshishi mumkin. Bu haqda Rossiya IIV o‘rinbosari Igor Zubov bayonot berdi.
“Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, IShID guruhi tarafda turib harbiy to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan rossiyaliklarning miqdori 2 ming kishidan oshishi mumkin. Ularning ertami kechmi Rossiyaga qaytish niyati bor”, - dedi Zubov Federatsiya Kengashi qoshidagi migratsiya masalalari bo‘yicha ilmiy-ekspertlik kengashining yig‘ilishida.