10:54 / 01.12.2015
6257

Isroil va Falastin 5 yil ichida birinchi marta qo‘l siqishdi

Parijda o‘tayotgan iqlim o‘zgarishi tomonlar sammiti doirasida Isroil va Falastin vakillari yuzma-yuz bo‘lishdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Falastin rahbari Mahmud Abbos qo‘l siqishib ko‘rishdi.

Bu ularning besh yildan buyon birinchi uchrashuvi bo‘ldi. Oxirgi marta ular 2010 yilda uchrashishgan edi.

Isroil va Falastin o‘rtasidagi munosabatlar qariyb 70 yildan buyon murakkab bo‘lib qolmoqda. Isroil tomonidan egallab olingan ayrim hududlar BMT tomonidan Falastinga tegishli ekanligi tan olinganiga qaramay, rasmiy Tel-Aviv Falastin degan davlatning borligini tan olishni istamaydi. Buning natijasida musulmon davlatlari Isroil bilan kelishmovchilikka bormoqda. Shuningdek, o‘rtada tez-tez qurolli to‘qnashuvlar kelib chiqadi.

Top