Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolorado-springslik qotilni kinoteatrdagi qotilni himoya qilgan advokat himoya qilmoqda
Kolorado-Springsda oilani rejalashtirish markazi yonidagi otishmada bir politsiyachi va ikki nafar odamni o‘ldirgan Robert Lyuis Diar ismli jinoyatchi sudda o‘zining jinoyatiga izoh berishdan bosh tortdi, deb yozmoqda Los Angeles Times nashri.
“Savollar yo‘q”, deb aytdi birinchi darajali qotillikni amalga oshirishda ayblanayotgan 57 yoshli jinoyatchi sudda.
Ta'kidlanishicha, Diarani 2012 yilda Denver chetidagi kinoteatrda 12 kishini otib tashlagan Jyeyms Xolmsni himoya qilgan jamoat himoyalovchisi himoya qilmoqda. AQShda o‘zlariga advokat yollay olmaydiganlar manfaatini jamoat himoyalovchisi himoya qiladi.
Kolorado-Springsdagi voqea oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi. Qotil qo‘llarini ko‘targancha taslim bo‘lgan va tirik holda ushlangan.