18:09 / 01.12.2015
6155

Kreml Turkiyaning IShID bilan oldi-sotdi qilgani haqidagi iddaolarga isbot keltirishdan bosh tortdi

Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov Erdo‘g‘anning Parijda aytgan so‘zlarini izohlab o‘tdi.

Ilgariroq xabar qilinganidek, Erdo‘g‘an Rossiya tomonidan Turkiyaga qo‘yilayotgan IShID bilan neft oldi-sotdisini amalga oshirish borasidagi ayblovlar asossiz ekanligini ta'kidlab, ular tasdiqlangan taqdirda iste'foga chiqishga tayyorligini ma'lum qildi.
Bunga javoban Peskov bu haqdagi ma'lumotlar Turkiya rahbariyatiga qarshi qo‘llanilmasligini ta'kidlab o‘tdi.

“Bu bayonot emas. Ushbu holatda asosiysi axborotga ega bo‘lish va uni ishda qo‘llashdir, ish esa nimanidir isbotlab o‘tirishga emas, terrorchilikka qarshi kurashga yo‘naltirilgan; bu axborot terrorchilikka qarshi qo‘llaniladi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Top