Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi La Ligada 2014-2015 yillar mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Ispaniya chempionatida o‘tgan mavsum bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar nomi ma'lum qilindi.
Unga ko‘ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi 2014-2015 yillar mavsumda La liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Messi o‘tgan mavsumda "Barselona" tarkibida La liganing 38 uchrashuvida maydonga tushib, 43ta gol urgan. "Real" muxlislari tomonidan o‘tgan mavsumning eng yaxshisi deya e'tirof etilgan Krishtianu Ronalduda esa bu boradagi ko‘rsatkich 35ta o‘yin va 48ta golga teng.
Ma'lumot uchun, Argentina terma jamoasi futbolchisi avvalgi mavsumda ham Ispaniya chempionatining eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgan edi.