Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mitsubishi ikki eshikli krossover chiqaradi
Mitsubishi Motors kompaniyasi yaqin yillarda uchta yangi yo‘ltanlamas, jumladan, kupe shaklli kuzovga ega ikki eshikli krossover chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda kompaniya boshqaruvchisi Osamu Masuko ma'lumotiga asoslanib, Automotive News xabar bermoqda.
2017 yilning oxirida chiqariladigan kupe-krossover ASX (Amerika bozorida Outlander Sport) va Outlander modelining o‘rnini egallaydi. “Autlender” bazasi asosiga quriladigan ushbu yangilik gibrid kuchlanish qurilmasiga ega bo‘ladi. Ushbu qurilma maishiy elektr tarmoq orqali quvvatlanadi. Boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.

Qolgan ikkita yo‘nlanmasga 2017 yilda yangilanadigan Outlander, shuningdek, ASX modelining so‘nggi avlodi bo‘ladi. U 2019 yilda chiqarilishi kutilmoqda.