Jahon | 00:17 / 01.12.2015
3410
1 daqiqa o‘qiladi

Moldaviya sobiq bosh vaziri qamoqxonada ochlik e'lon qildi

Hibsda saqlanayotgan Moldaviya sobiq vaziri Vlad Filat qamoqxonada ochlik e'lon qildi. Bu haqda Filatning advokati ma'lumotiga asoslanib, Point xabar bermoqda.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, mahbusning ochlik e'lon qilishiga sabab, qamoqxonada unga noinsoniy tarzda muomalada bo‘lishgani hamda yaqinlari bilan ko‘rishishni cheklashganidir.

Ma'lum qilinishicha, Filat qamoqxona rahbariyati boshqa mahbuslar orqali unga bosim o‘tkazayotgani haqida ham shikoyat qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish