Jahon | 13:43 / 01.12.2015
2491
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada mehnat muhojirlarining mablag‘iga Qirg‘iziston fan va madaniyat uyi quriladi

Moskvada mehnat muhojirlarining mablag‘iga Qirg‘iziston fan va madaniyat uyi quriladi. Bu haqda mamlakat madaniyat, axborot va turizm vaziri Baqtibek Sekimov xalqaro aloqalar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha parlament qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qildi.

Deputatlar ushbu obektning va u bilan birga Bishkekda qad ko‘tarilishi rejalashtirilayotgan Rossiya fan va madaniyat markazining qurilishi, bu boradagi shartnoma 2011 yilda imzolanganiga qaramay, shu paytgacha yakunlanmaganining sabablariga qiziqib ko‘rdi.

“Barchasi moliyaviy masalalarga borib taqaladi. Ammo bizning Moskvadagi muhojirlarimiz, bunday markazning zarurligini tushunganlari bois, barcha zaruriy tadbirlarga homiylik qilish niyatini bildirdilar”, - tushuntirdi Sekimov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish