Sport | 09:11 / 01.12.2015
1901
2 daqiqa o‘qiladi

"Napoli" "Inter"ni mag‘lub etib, 1989 yildan beri ilk marta birinchi davrada peshqadamlikni qo‘lga oldi

30 noyabr kuni Italiya chempionatining 14-turi doirasida barcha o‘yinlar yakuniga yetdi.

«Sassuolo» o‘z maydonida "Fiorentina" bilan durang (1:1) o‘ynagan bo‘lsa, «Inter» safarda «Napoli»ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Mazkur natijalardan so‘ng "Napoli" 1-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa (31 ochko), "Fiorentina" (29 ochko) 3-o‘rinda bormoqda. "Inter" (30 ochko) esa ularning orasida joylashdi.

Qayd etish kerakki, neapolliklar 1989 yildan beri ilk marta birinchi davrada turnir jadvalida yuqori o‘rinda joylashdi. 1989-1990 yillar mavsumining keyingi qismida ham jamoa peshqadamlikni qo‘ldan boy bermagan va yakunda chempionga aylangandi.

Italiya chempionati, 14-tur

Napoli – Inter 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 2 Iguain, 2:0 – 62 Iguain, 2:1 – 67 Lyayich.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Gulyam, Allan, Jorjino, Gamshik (Lopes Silva, 80), Kalexon (Majo, 87), Iguain, Insine (El-Kadduri, 70).
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Miranda, Murilo, Nagatomo, Guarin (Biabiani, 62), Medel, Brozovich, Perishich (Yovetich, 83), Ikardi (Telles, 46), Lyayich.
Ogohlantirishlar: Kulibali (11), Nagatomo (35), Xyusay (36), Guarin (52), Allan (52), Kalexon (84).
Chetlatish: Nagatomo (44).

Sassuolo – Fiorentina 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 5 Valero, 1:1 – 42 Flokkari.
Sassuolo – Konsili, Vrsalko, Kannavaro, Acherbi, Peluzo, Laribi (Bondini, 72), Manyanelli, Missiroli, Defrel, Flokkari (Floro Flores, 77), Sansone (Politano, 88).
Fiorentina – Teterushanu, Ronkalya, Rodriges, Astori, Bernardeski, Badel (Verdu, 69), Vesino, Paskual (Alonso, 79), Ilichich, Valero, Rossi (Kalinich, 56).
Ogohlantirishlar: Flokkari (53), Vrsalko (55), Badel (66).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish