13:00 / 01.12.2015
4612

Nyu-Jyersida saudiyalik talaba qiz pichoqlandi

Nyu-Jyersi ko‘chalaridan birida Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lgan ayol, tibbiyot talabasi pichoqlab ketildi. Aytilishicha, ikki jinoyatchi unga tahdid qilib, yaralab ketishgan.

Jarohat jiddiy bo‘lmay, qiz tez orada shifoxonadan chiqqan. Uning sog‘lig‘i joyidaligi u tahsil olayotgan Kolumbiya universiteti sayti orqali xabar berilgan.
Nomi keltirilmayotgan qiz universitetning tibbiyot kollejida to‘rtinchi kurs talabasi. U hali turmush qurmagan. Qiz xorijiy tadqiqotlar uchun Ikki muqaddas masjid stipendiya dasturi asosida ta'lim olmoqda.

Qizning hikoya qilishicha, ikki kishi uning ortidan ta'qib qilib, chekka joyda hujum qilishgan. Jinoyatchilardan biri arabcha ohang bilan, ikkinchisi esa sof ingliz tilida gapirgan.

Ta'kidlanishicha, ular qizning buyumlariga teginishmagan, jinsiy zo‘ravonlikni ham maqsad qilishmagan, shuningdek, irqiy yoki boshqa mazmundagi haqorat so‘zlarini ham aytishmagan. Shu bois hujumning motivlari noma'lumligicha qolmoqda.

Top