Sport | 21:00 / 01.12.2015
8528
2 daqiqa o‘qiladi

"Oq-tepa" klubi rahbari: Oliy ligadagi ko‘p klublar o‘zini eplay olmaydi

"Oq-tepa" klubi rahbari G‘anisher Shog‘ulomov "Sport" telekanalining 30 noyabr kuni efirga uzatilgan "Futbol sharhi" ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi va jamoaning moliyaviy holati barqaror ekanini bildirdi.

"So‘g‘diyona" bilan bo‘lgan o‘yinda bizga biroz tajriba yetishmadi. Raqib qanday o‘ynash kerakligini ko‘rsatib berdi. Har holda ular Oliy liga tuzini ko‘p tatib ko‘rishgan.

"Oq-tepa" Oliy ligada ishtirok etadigan bo‘lsak, moliyaviy jihatdan hech qanday muammo bo‘lmaydi. Futbolni rivojlantirish bo‘yicha qarorga asosan klubimizning o‘z daromad manbai bor. Klub qoshida qayta ishlash zavodi ochilgan va uning nomi ham "Oq-tepa".

Oliy ligadagi ko‘p klublar o‘zini eplay olmaydi. Yil yarmiga borib futbolchilarga oylik berish uchun ham pul topa olmay qoladi. "Oq-tepa"da esa bunday muammo bo‘lmaydi. Biz Oliy ligaga chiqsak, birovdan pul so‘ramaymiz, zavodimiz to‘liq bizni ta'minlaydi", - deydi G‘anisher Shog‘ulomov.

Eslatib o‘tamiz, "Oq-tepa" klubi Birinchi ligada ikkinchi o‘rinni egallagach, Oliy ligaga chiqish uchun "So‘g‘diyona" bilan o‘tish bahsida kuch sinashgan va 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Matn: uff.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish