14:30 / 01.12.2015
3139

O‘zbekiston texnik-iqtisodiy asoslashni ekspert baholash bo‘yicha agentlikning vakolatlarini belgilab berdi

19 noyabrda hukumat tomonidan qabul qilingan qaror bilan texnik-iqtisodiy asoslashni ekspert baholash bo‘yicha agentlikning vakolatlarini belgilab berildi. Yangi qurilayotgan yoki qayta ta'mirdan chiqarilayotgan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarini baholashga ixtisoslashgan mazkur agentlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida faoliyat yuritadi.

Yangi qabul qilingan hujjatga ko‘ra, uning vazifalari qatoriga qonunchilik bilan prezident yoki hukumat tomonidan tasdiqlanishi talab qilinadigan investitsion loyihalarning oraliq va yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash va hisob-kitoblari ekspertizasi kiradi.
Hujjatda bunday loyihalarning ro‘yxati keltirildi.

Top