Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari: AQSh Rossiya Asadni o‘z lavozimini tark etishga ko‘ndirishi kerak deb hisoblaydi
AQSh Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadga katta ta'siridan noto‘g‘ri foydalanmoqda, chunki fuqarolik urushini to‘xtatish uchun uning o‘z lavozimini tark etish zarurligiga ko‘ndirishdan bosh tortmoqda, deb hisoblamoqda. Bunday fikrni AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Kongress vakillari palatasining Qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishidagi nutqida ma'lum qildi.
“Rossiya Asadga katta ta'sirga ega, biroq undan noto‘g‘ri foydalanmoqda. U Asadni qo‘llab-quvvatlamoqda va muholifatga zarba bermoqda”, deb aytdi Karter. “Rossiya Suriya ixtilofida to‘g‘ri tomonga turishi vaqti keldi”, deb hisoblamoqda Karter.
Karterning ta'kidlashicha, AQSh bu ixtilofning siyosiy yo‘l bilan hal qilinishiga erishish zarurligini aytmoqda, biroq buning uchun Asadning ketishi talab qilinadi, chunki u anchadan beri o‘z aholisining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Asadni qo‘llab-quvvatlash hozirda terrorchilik guruhlari tomonidan “sug‘orilayotgan” fuqarolik urushining davom etishiga olib keladi, deb aytmoqda Karter.