Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Parijda terrorchilikka qarshi kurashuvchi koalitsiya mavzusida nutq so‘zladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Parijda bo‘lib o‘tgan iqlim bo‘yicha sammit matbuot-anjumanida terrorchilikka qarshi keng koalitsiyaning yaratilishi jarayoniga izoh berib o‘tdi.
“Biz doimo buning tarafdori bo‘lib chiqqanmiz, biroq kimdir bir onlik siyosiy maqsadlariga erishish uchun terrorchilik tashkilotlarining bir qismidan foylanar ekan, BMT Xavfsizlik kengashining terrorchilar tomonidan neft va san'at asarlarining sotilishi to‘xtatilishi haqidagi rezolyutsiyasi bajarilmas ekan bunga erishib bo‘lmaydi”, deb aytdi Putin va Rossiyada IShID nazoratidagi hududdan Turkiyaga neft yetkazib berilayotgani haqida ma'lumotlar borligini qo‘shimcha qildi.
“Bizning samolyot Turkiyaga neft yetkazib berilish yo‘llarini himoya qilish zarurati sababli urib tushirilgan degan taxmin qilishga asos bor”, deb aytdi prezident. Putinning aytishicha, suriyalik turkmanlarni himoya qilish bu faqatgina bahonadir.
Putin Rossiya raketalarida “Biznikilar uchun” va “Parij uchun” deb yozilgani, biroq samolyotni turk harbiylari urib tushirganini ta'kidlab o‘tdi. “Bunday vaziyatda qanday qilib keng koalitsiya haqida gapirish mumkin?”, deb achchiqlandi Putin.
Putinning ta'kidlashicha, Rossiya global xavf oldida mintaqaviy va mahalliy manfaatlar ikkinchi o‘ringa o‘tishi uchun kurashishga tayyorligini bildirdi.