06:45 / 01.12.2015
9699

Putin Turkiya bilan yo‘qotilgan aloqalardan afsusdaligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Anqara o‘rtasida konstruktiv aloqalarning yo‘qotilganidan afsusdaligini aytdi.

“Men o‘ylaymanki, bizning hammamiz afsusdamiz va shaxsan men ham afsusdaman”, deb aytdi Putin Parijdagi iqlim bo‘yicha o‘tkazilgan sammitdagi matbuot-anjumanida.

Putinning aytishicha, Rossiya hozirda keskinlashib ketgan muammolarni anchadan beri hal qilishga harakat qilgan, jumladan Moskvaga qarshi Turkiya hududida kurashayotgan terrorchilarni berkitish amaliyotini to‘xtatishni so‘ragan.  

“Afsuski, bizning barcha xavotirlarimizga hamkorlik javobini ko‘rmadik”, deb aytdi Putin.

Top