Jamiyat | 23:59 / 01.12.2015
6461
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonlik erkak o‘z o‘g‘lini otib tashlab, ikki nabirasini yaraladi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida oilada kelib chiqqan janjal tufayli erkak kishi o‘z o‘g‘lini otib tashladi va ikki nabirasini yaraladi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, voqea O‘zgan tumanida sodir bo‘lgan. Mahalliy fuqaro 1968 yilda tug‘ilgan K.A., 1987 yilda tug‘ilgan o‘g‘li K.J., bilan janjallashib qoladi va uni IJ-16 quroli bilan otib tashlaydi. U voqea joyida halok bo‘ladi.

Bundan tashqari, halok bo‘lgan yigitning 2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘li va 2013 yilda tug‘ilgan qizi yaralanadi. Bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qotil qo‘lga olingan. Unga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish