Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ayrim nashrlar islomni terrordan ajratish maqsadida IShID qisqartmasidan DAISh qisqartmasiga o‘tdi
30 noyabrdan Rossiyaning davlat va davlatni yoqlovchi ommaviy axborot vositalari IShID qisqartmasi o‘rniga DAISh (al-Dawla al-Islamiya al-Iraq al-Sham) qisqartmasini ishlatishga o‘tdi. Bunga jurnalist Aleksey Kovalyov e'tibor qaratdi.
29 noyabr kuni “Rossiya 1” telekanalidagi “Vesti nedeli” ko‘rsatuvida Yevropa jurnalistlari va rahbarlari, xususan, Fransiya rahbari Fransua Olland IShIDni DAISh deb atashiga e'tibor qaratildi.
Ko‘rsatuv boshlovchisi Dmitriy Kiselyov DAISh atamasiga o‘tish zaruratini Rossiya muftiylar kengashi rahbari shayx Ravil G‘aynutdinning so‘zlari, shuningdek, Rossiya dinlararo kengashi va Rus pravoslav cherkovining rasmiy iltimosnomalari bilan tushuntirdi.
“Axir islom terrorchilik va vahshiylik bilan uyg‘unlashtirib yubormasligi lozim”, - ta'kidladi u.