13:33 / 01.12.2015
9681

Samarqandda tungi klublarda qo‘lga tushgan 17 o‘smirning ota-onasi jarimaga tortilgan

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash bo‘linmasi qoidabuzarliklar profilaktikasi sohasida malakali xodimlari bilan hamkorlikda yoshlar bilan ishlash masalalarig bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir Sattepa turizm va servis kasb-hunar kollejida o‘tkazildi.

Tadbirda ta'kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida darslarda ishtirok etmayotgan 50dan ortiq yoshlar ta'lim muassasalariga qaytarilgan. 600dan ortiq o‘smirlar profilaktik hisobga kiritilgan.

Telegraf.uz saytining xabar berishicha, o‘tkazilgan reydlar davomida tungi klublarda nazoratsiz yurgan 17 o‘smir ushlangan. Ularning ota-onalari farzandlari tarbiyasiga e'tiborsizligi bois ma'muriy jazoga tortilgan.

Yuqorida aytilgan faktlar bo‘yicha 5ta restoran, 7ta internet klubi xo‘jayinlari javobgarlikka tortilgan.

Top