Jamiyat | 10:54 / 01.12.2015
4078
1 daqiqa o‘qiladi

Saratovdagi litseyda karate murabbiyini o‘quvchilardan birining otasi otib tashladi

Rossiyaning Saratov shahridagi sportga ixtisoslashgan litsey tarbiyalanuvchilaridan birining otasi karate bo‘yicha murabbiyni otib o‘ldirdi va yana 2 kishiga tan jarohati yetkazdi. "Interfaks" xabariga ko‘ra u ayni vaqtda qo‘lga olingan. Viloyat IIV ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlar orasida litsey o‘quvchilari yo‘q.

Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchi sport zaliga kirib o‘q ota boshlagan. 48 yoshli murabbiy voqea joyida halok bo‘lgan, yana 2 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisaga murabbiy va o‘quvchining otasi o‘rtasidagi avvaldan mavjud ziddiyat sabab bo‘lgan.

Ayni vaqtda ushbu voqea bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Saratovnews xabariga ko‘ra, bu hodisa 62 raqamli o‘quv muassasi hududida ro‘y bergan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish