08:37 / 01.12.2015
2558

Serxio Ramos, Xames, Neymar va Feguli ham o‘tgan mavsumning eng yaxshilari qatorida qayd etildi

Ispaniya chempionatida o‘tgan mavsum bo‘yicha eng yaxshi futbolchilar nomi ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra "Real" himoyachisi Serxio Ramos eng yaxshi himoyachi bo‘ldi. Madridliklar futbolchisi Xames Rodriges ham eng yaxshi yarim himoyachi nomiga loyiq ko‘rilgan.

Ma'lumot uchun, Ramos o‘tgan mavsumda "Real" bilan La liganing 27 o‘yinida maydonga tushgan va 4ta gol urgan. Kolumbiyalik yosh iste'dod Xames Rodrigesda esa bu boradagi ko‘rsatkich 29ta o‘yin, 13ta gol va 12ta golli uzatmaga teng.

Messi La Ligada 2014-2015 yillar mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘lgani oldinroq xabar qilingandi.

Shuningdek, Neymar Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumidagi eng yaxshi lotin amerikalik futbolchisi deb tan olindi. "Barselona"ning braziliyalik hujumchisi o‘tgan mavsumda 33ta o‘yinda 22ta gol urgan.

"Valensiya"ning jazoirlik futbolchisi Sofyan Feguli esa 33ta o‘yinda 6ta gol urgan holda La ligada Afrikaning eng yaxshi vakili nomiga sazovor bo‘lgan.

Top