O‘zbekiston | 15:47 / 01.12.2015
4999
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Madaniyat va san'at kunlari o‘tkazildi

2015 yilning noyabr oyida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida Buyuk Britaniya elchixonasi bilan hamkorlikda an'anaviy Madaniyat va san'at kunlari o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar doirasida tashkil etilgan birinchi tadbir – «Zakovat» klubining turniri Madaniyat va San'at kunlarining kuzgi mavsumini ochib berdi. Tadbirda 14 ta TXVU va 5 ta boshqa oliygoh jamoalari ishtirok etdi. «O‘zbekiston va Buyuk Britaniya adabiy merosi» o‘yin mavzusi sifatida qabul qilindi. Savollarga asos sifatida Alisher Navoiy va Uilyam Shekspir hayoti va ijodi olindi. «Diplomat» jamoasi o‘zini hammadan yaxshi ko‘rsata oldi va natijada birinchi o‘ringa loyiq topildi. Ikkinchi o‘rinda «Noosfera» jamoasi va uchinchi o‘rinni «Bingo» jamaosi egalladi.

TXVU butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan Shekspir vafotining to‘rt yuz yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashar ekan, ikkinchi kun buyuk dramaturg, aktyor va shoirning ijodiga bag‘ishlandi. 27 noyabr kuni universitet «Reading Shakespeare» video-tanlovining yakunlovchi qismini o‘tkazildi. Tanlovda fotorassom Ulug‘bek Meylikov rahbarligi ostidagi TXVU Multimediya klubi a'zolari ishtirok etdilar.

Ushbu tanlovda hakamlar xay'ati sifatida teatr va kino aktrisasi, London va Tokioda Shekspir asarlari rollarining ijrochisi Alis Allan (Alice Allan); kinorejisser va ssenariychi, xalqaro kinofestivallar laureati Mansur Abduxalikov; kinoshunos, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi San'atshunoslik instituti katta ilmiy xodimi Nigora Karimovalar qatnashdi.

Birinchi o‘rin va «Kenon» firmasining fotokamerasi Parviz Abdusamadovning №11 raqamli Sonet» videolavhasi uchun berildi. Ikkinchi o‘rin va xard-disk Sardor Salyamovning «Romeo va Djuletta» videolavhasiga berildi. Uchinchi o‘rin egasi sifatida esa Otabek Jurayevning komediya unsurlari bilan ishlangan «Agarda…» nomli videolavhasi tan olindi.

28 noyabr kuni ikkita tadbir: O‘zbekiston rassomlari ko‘rgazmasi va «Nima? Qachon? Qayerda?» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. «Nima? Qachon? Qayerda?» o‘yinida universitetning o‘zidan va shu bilan birga boshqa oliygohlar, akademik litseylardan jamoalar ishtirok etdilar. Birinchi o‘rinni 4 ta oliygohdan iborat «Misteriya» terma jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘ringa esa I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining «Yest kontakt» jamoasi loyiq topildi va uchinchi o‘rin esa «Bud light» (MDU va Interxaus terma jamoasi) jamoasiga nasib qildi.

Ko‘rgazma davomida universitetga mehmon sifatida xalq rassomlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va TXVU «Art» Klub a'zolari tashrif buyurishadi. Akmal Nuridinov (O‘zR xalq rassomi, Badiiy akademiya raisi), Muhammadiyor Toshmuradov (O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi) kabi va boshqa ijodkor shaxslar o‘z mahoratlarining sir-asrorlari haqida talabalar va universitet mehmonlari bilan o‘rtoqlashdilar. Nurillo Xudaymurodovning mahorati evaziga tomoshabinlarning ko‘z o‘ngida mo‘yqalamdan ishlangan manzara yaratildi. Minyaturachi Baxodir Xodjimetov o‘z o‘quvchilari bilan birgalikda turli xil yog‘och qutichalar, metall buyumlar va musiqa asboblariga miniyatyuralar tushirishni tushuntirib va ko‘rsatib berdilar. Nazir Abduqodirov, Nilufar Sultanova va Yuliya Yeraskina kabi keramikachilar kulolchilik charxida ishlash, loydan shaklchalar yasashni ko‘rsatib, badiiy sopol buyumlarni yaratish texnologiyasi haqida gapirib berdilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish