Jahon | 14:27 / 01.12.2015
2840
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziya transport konsorsiumini yaratadi

Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziyaning yirik logistik operatorlari vakillari Istanbulda o‘tgan uchrashuvda Xitoydan Yevropaga yuk tashish maqsadida xalqaro konsorsium yaratish haqidagi kelishuvga erishdi. Bu haqda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Istanbulda o‘tkazilgan “Xitoy-Turkiya-Yevropa” Transkaspiy transport yo‘nalishi imkoniyatlarining taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir doirasida kelishuv imzolandi. Tadbir, o‘z navbatida, Logitrans xalqaro transport-logistika ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi.

Xitoyning Mishgeng Logistics kompaniyasi bilan konsorsium tuzishga hozirligini "KTJ ekspress" ("Qozog‘iston temir yo‘llari"ga qarashli), "Ozarbayjon Kaspiy dengiz paroxodchiligi" YoAJ va "Karavan logistiks" (Ozarbayjon), shuningdek, Trans Caucasus Terminals ("Gruziya temir yo‘llari"ga qarashli) kompaniyalari bildirdi. Turkiya konsorsiumni uyg‘unlashgan a'zo sifatida ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish