22:35 / 01.12.2015
3746

Tyuningchilar Chevrolet Corvette mashinasini nemis politsiyasi mashinasiga aylantirishdi

Germaniyaning TIKT Performance firmasi Germaniya transport vazirligi va mahalliy avtomobil tyuningchilari buyurtmasiga ko‘ra yagona nusxada Chevrolet Corvette politsiya kupesini yaratdi. Mashina Essendagi tyuning-shouda namoyish qilindi.

Avtomobil “xavfsiz tyuningni” targ‘ib qiluvchi “TUNE IT! SAFE!” ijtimoiy tadbiri doirasida yaratildi. Loyihaning rasmiy saytida tushuntirilishicha, bu tadbirda avtomobilni xavfsizlikka futur yetkazmagan holda, ya'ni professional ehtiyot qismlardan foydalangan holda tyuning qilish” nazarda tutilmoqda.

Atele “Korvet”ga karbonli aerodinamik old splitter, g‘ildirak arkalariga nakladkalar, yon “yubkalar”, orqa diffuzor va 20 dyuymli g‘ildirak disklari o‘rnatdi. Bundan tashqari, salonda politsiya ratsiyasi ham paydo bo‘ldi.

Dvigatel o‘zgarishsiz qoldirildi. Kapot ostida 6,2 litrli, 466 ot kuchiga erisha oluvchi 8 silindrli dvigatel joylashgan. U 7 pog‘onali “mexanik” uzatmalar qutisi bilan birgalikda Corvette’ni 0 dan 100 km/soat tezlikkacha 3,8 soniyada erishtiradi.

7-avloddagi Chevrolet Corvette – Stingray 2013 yilda ilk bor namoyish qilingan. Keyinroq uning quvvatliroq Z06 va trek modifikatsiyasi C7.R namoyish qilingan.

Top