Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antaliya kurorti Rossiya sanksiyasi sabab har yili 6 mlrd dollar yo‘qotadi
Rossiyaning Turkiyaga kiritgan iqtisodiy sanksiyasi sabab eng ko‘p Antaliya kurorti jabr ko‘radi. U har yili 6 mlrd dollar miqdorida zarar ko‘radi. Bu haqda shahar sobiq meri Mustafo Oqoydin ma'lumotiga asoslanib, “Antaliya segodnya” xabar bermoqda.
Oqoydinning fikricha, vaziyat yanada murakkablashib ketmasligi uchun iloji boricha tezroq Turkiya-Rossiya munosabatlarini tartibga solish kerak.
“Antaliya Rossiya kiritgan iqtisodiy sanksiyalar sabab yiligi 6,5 mlrd dollar yo‘qotadi. Pullarning 6 mlrd dollari sayyohlik oqimidan, qolgan yarim milliardi esa qishloq xo‘jaligidan keladi”, — deyiladi manbada.