19:28 / 02.12.2015
6816

AQSh elchisi: saraton O‘zbekistonda o‘limga sabab bo‘layotgan uchinchi omil bo‘lib qolmoqda

AQSh xastaliklarni nazorat qilish markazi ma'lumotlariga qaraganda, saraton O‘zbekistonda o‘limga sabab bo‘layotgan uchinchi, AQShda esa ikkinchi omil bo‘lib qolmoqda. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalqaro onkologik xastaliklarga qarshi kurash bo‘yicha yetakchilar forumidagi chiqishida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bunday ko‘rsatkichlar butun jahonda shunga yaqin holatda bo‘lib, saraton har yili millionlab odamlarning hayotini olib ketayotganini ko‘rsatadi.

“Bu bizga mazkur qo‘rqinchli kasallikka qarshi kurashishda jipslashishga sabab beradi. AQSh prezidentlarining ko‘pchiligi bu kurashning eng oldida borib, masalani siyosiy darajaga ko‘tarishgan. 2009 yili ushbu lavozimni egallaganidan buyon prezident Obama global sog‘liq uchun kurashni AQSh tashqi siyosatining muhim masalalaridan biriga aylantirdi. Prezident Obama, agarda biz birgalikda harakat qilsak, inson hayotini qutqarish maqsadiga erisha olishimizni ta'kidlab keladi”, - dedi elchi xonim.

Top