Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:24 / 02.12.2015
2218
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Iroqqa jo‘natadigan maxsus bo‘linma askarlari soni 100 nafarga yaqinni tashkil qiladi
AQSh IShIDga qarshi kurash doirasida Iroqqa jo‘natadigan maxsus bo‘linma tarkibidagi harbiylar soni 100 kishiga yaqinni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda Pentagon vakili Stiv Uorren ma'lum qildi.
Avvalroq AQSh Iroqqa IShID jangarilari bilan kurashish uchun maxsus otryad yubormoqchi ekanligi ma'lum qilingandi. Ta'kidlanishicha, bu otryad Suriyada ham jangovor harakatlar amalga oshirishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish