Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:33 / 02.12.2015
6586
1 daqiqa o‘qiladi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Rossiya va AQShning umumiy maqsadlarini ma'lum qildi
AQShning BMTdagi doimiy elchisi Samanta Pauer BMT xavfsizlik kengashi uchun Rossiyaning terrorizmga qarshi kurash rezolyutsiyasiga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQShda IShID terrorchilariga qarshi kurashda yagona maqsad bor — terrorchilarning yoqilg‘idan kelayotgan moddiy manbariga zarba berish va ularning valyuta aylanmalari tizimini barbod qilish. Bu haqda Washington Post xabar bermoqda.
“Shu ma'noda bizda umumiy maqsadlar bor. Va ana shu maqsadlar bizga ishonch berib turibdi”, — dedi Pauer matbuot anjumanida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish