Jahon | 15:17 / 02.12.2015
14316
1 daqiqa o‘qiladi

Asad: Turkiya Su-24 ni kuchlar taqsimotining o‘zgarishidan qo‘rqqani uchun urib tushirdi

Suriya prezidenti Bashar Asad Česká televize`ga bergan intervyusida Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mintaqada Rossiya keltirib chiqargan kuchlar muvozanatining buzilganidan qo‘rqqani uchun urib tushirilganini ma'lum qildi.

Asadning fikricha, Erdo‘g‘an “qattiq hayajonlanmoqda”.
Bundan tashqari, Suriya prezidenti mazkur hodisa Rossiyaning Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashiga ta'sir ko‘rsatmasligini qayd etib o‘tdi.

Bundan avvalroq esa Bashar Asad ayrim g‘arb mamlakatlari, shuningdek, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatarni terroristlarga qurol-yarog‘larni yetkazib berayotganlikda ayblagan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish