Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad ba'zi g‘arb va arab davlatlarini terrorchilarga sheriklik qilishda aybladi
2011 yildan beri fuqarolik urushi ketayotgan Suriyaning prezidenti Bashar Asad ba'zi g‘arb davlatlari, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatarni terrorchilarga qurol-aslaha va turli anjomlar yetkazib berishda aybladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Agar siz haqiqatan terrorchilar bilan kurashishni va ularni yutishni istasangiz, unda ularga Saudiya Arabistoni va Qatar ko‘magida asosan Turkiya orqali qurol-aslaha, pullar va yollanma jangarilar yetkazib berilishining oldini olishingiz kerak”, deb aytdi Asad Chexiya televideniyesiga bergan intervyusida.
Asadning aytishicha, bu terrorchilarga qarshi kurashdagi birinchi qadam bo‘ladi.
“Aks holda siz ular bilan kurashaverasiz, ular bo‘lsa turli, avvalambor mintaqadagi davlatlardan G‘arbning, aniqrog‘i ulardan ba'zilarining ko‘magi yoki ko‘zini yumishi yordamida cheklanmagan miqdorda qurol-aslaha, zaruriy anjomlar, pullar olaveradilar”, deb aytdi Asad.
Asad navbatdagi marta Rossiya Suriya qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlovchi harbiy operatsiyani boshlagandan keyingina uning davlatida vaziyat yaxshilana boshlagani haqidagi fikrni aytdi.