16:41 / 02.12.2015
2945

Tsukerbergning boyligining 99 foizini xayriya qilishi haqidagi bayonoti piar deb hisoblandi

Mark Tsukerbergning Facebook’dagi aksiyalarining 99 foizini xayriya qilishi haqidagi bayonoti piar deb hisoblanmoqda, deb xabar beradi Gawker portali kolumnisti Sem Biddl.
Jurnalistning so‘zlariga qaraganda, biznesmen qiziqarli piar-kampaniyani boshladi.

“Bugun Mark Tsukerberg o‘zining qizi Maksning tug‘ilishidan foydalanib, o‘zining Facebook’dagi aksiyalarining 99 foizini sekin-asta, umri davomida tarqatish niyati borligidan barchani ogoh etdi”, - deb hisobladi Biddl.

Biddlning fikricha, biznesmen rafiqasi Pristsilla Chan bilan birgalikda bu aksiyalarni o‘zlari yaratayotgan kompaniya orqali sarflash imkoniyatiga ega bo‘ladi, shu bois ortiqcha ehtirosga berilmaslik lozim.

Buzfeed portali Facebook asoschisi bilan bog‘lanib, u rafiqasi bilan xayriya jamg‘armasi emas, aynan kompaniya tashkil etayotganini bilib oldi.

Top