13:59 / 02.12.2015
5560

FT: IShIDga qarshi kurashda G‘arbga sunniylarning yordami kerak

Parijdagi hujumlardan keyin ham G‘arb siyosatchilari IShIDni faqat bombalar va yer usti operatsiyalari yordamida yo‘qotish haqida o‘ylamoqda, lekin g‘alabaga faqat kuch bilangina erishib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi Financial Times kolumnisti.

Aytilishicha, guruhni yo‘q qilish uchun sunniylarning yordami kerak bo‘ladi. IShIDni sunniylarni qo‘llab-quvvatlayotgan yagona tomon bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Agar guruh sunniylarga G‘arb ularga qarshi kurashayotgani haqidagi qarashni singdirsa, voqealar yanada keskin tus olishi mumkin.

Shu bilan birga, maqola muallifi Rossiya IShIDga qarshi operatsiyada to‘liq ishtirok eta boshlashi zarurligini ta'kidladi. Buning uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga ko‘ndirish lozim, negaki bu shaxsning hokimiyat tepasida bo‘lishi ixtilofning yanada cho‘zilib ketishigagina olib keladi.

Agarda Rossiya Suriya va Erondan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmasa, AQSh xavfsiz zonani yaratib, Putinning mintaqadagi harakatlarini cheklashga majbur bo‘ladi, deb hisoblaydi tahlilchi.

Top