Jahon | 08:35 / 02.12.2015
2401
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Asad va muxolifatning yarashishi zarurligini ta'kidlamoqda

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyerning aytishicha, Suriya muxolifati Bashar Asad qo‘shinlari bilan IShIDga qarshi birgalikda kurash olib borishi kerak, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Shtaynmayyerning ta'kidlashicha, IShID bilan samarali kurashish uchun muxolifat bilan Asad bilan yarashishi imkoniyatini muhokama qilish zarur. O‘z navbatida, Suriya prezidenti ham muammoning hal qilinishida ishtirok etish istagi borligini isbotlashi kerak.

Qayd etilishicha, Suriyadagi amaldagi tuzum va Asadning kelajagi haqidagi masala hali ham muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Germaniya hukumati IShIDga qarshi Suriyada mamlakat qurolli kuchlarining ishtirok etishini ma'qullagandi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 71 foiz nemislar jangarilar bilan kurashishga kirishilgandan keyin teraktlar bo‘lishi xavfidan xavotirlanishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish