Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada ETAning ikki a'zosi 1991 yildagi terakt uchun deyarli 300 yillik qamoq jazosiga tortildi
Ispaniya sudi basklar terrorchilik tashkiloti ETAning ikki nafar a'zosini 1991 yilda amalga oshirgan terakt uchun 296 yildan qamoq jazosiga tortdi. Bu haqda Ispaniya milliy sud hay'ati xabarida ma'lum qilindi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 1991 yil 12 iyunda Iser Alberdi Uranga va Xuan Xesus Narvaes Goni Toledo shahridan Madridga bomba solingan jo‘natmani jo‘natishgan. Portlovchi qurilmani xavfsizlantirish paytida ikki kishi halok bo‘lgan va yana bir necha kishi yaralangan. Shu sababli sud Alberdi Urangu va Narvaesa Goniga ushbu ish bo‘yicha sudlangan yana bir sudlanuvchi bilan birga halok bo‘lganlar oilalariga 350 ming yevro tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi.
Jinoyatchilar 22 yil yashirinib yurishgan. 2014 yil fevralida ular Meksikada ushlangan. Alberdi Uranga Puerto-Valyarta kurort shahrida massajchi bo‘lib, Narvaes Goni esa yoga bo‘yicha instruktor bo‘lib ishlagan.
ETA tashkiloti (“Basklar davlati va ozodlik”) Ispaniyaning shimoli va Fransiyaning janubi-g‘arbidagi yerlarni o‘z ichiga oluvchi basklar hududining mustaqilligi uchun kurashadi. Tashkilot 1959 yilda tashkil etilgan. U o‘zining 50 yillik faoliyati davomida uyushtirgan teraktlar oqibatida 800 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Tashkilot qo‘poruvchilik harakatini to‘xtatganini e'lon qilganiga qaramasdan, Ispaniya va Fransiya huquq-tartibot muassasalari guruhning a'zolarini taqib qilishni davom ettirib keladilar.