Jahon | 19:16 / 02.12.2015
3089
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 30 tup marixuana bilan qo‘lga tushgan jinoyatchi 1 dollar jarimaga tortildi

Kvebekdagi tizimga norozilik ifodasi tariqasida sudya Per Shevale 30 tup marixuana o‘stirgan javobgarni 1 dollar jarimaga tortdi. Bu haqda Vice nashri yozmoqda.
U Kanadaning marixuana bo‘yicha qonunchiligini “sharmandali” deb baholab, advokatlar hamda yurisprudensiya sohasi ishchilarining o‘zlari har doim o‘t chekishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

46 yoshli javobgarning ismi Mario Larush, u avtohalokatdan so‘ng muntazam og‘riqlardan aziyat chekadi. Shifokorlar unga dorivor kannabis yozib berishdan bosh tortishgan, shu bois Mario bu ishni o‘zi amalga oshirishga qaror qilib, marixuana plantatsiyasini yaratdi. Prokuror uni 90 kunga qamab, 250 dollar jarimaga tortishni so‘ragan edi.
Shevale prokurorning talablarini qabul qilmay, Larushni “odamlarga bir necha yuz yildan buyon ma'lum tabiiy vositalarga yo‘l yopib qo‘ygan” tizimning qurboni deb hisobladi.

Ikki hafta muqaddam Kanadaning yangi bosh vaziri Jastin Tryudo kannabis – nasha o‘simligini legallashtirish jarayonini boshlash to‘g‘risida rasmiy ko‘rsatma berdi, ammo hukumatning ayrim a'zolari hozircha bu qarorning to‘g‘ri va xavfsizligini shubha ostiga olmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish