09:02 / 02.12.2015
1935

Malayziyaning AirAsia kompaniyasi uchuvchilari ommaviy ravishda grippga chalinishdi

Malayziyaning AirAsia avikompaniyasi uchuvchilari grippga ommaviy chalinganliklari sabab Kuala-Lumpur aeroportida yuzlab yo‘lovchilar ushlanib qoldi, o‘nlab reyslar qoldirildi, ko‘plari kechiktirildi. Bu haqda Star gazetasi xabar bermoqda.

Osiyodagi eng yirik avikompaniya rahbari Toni Fernandesning ma'lum qilishicha, "seshanba kuni uchuvchilar tarkibining kamida 12 nafariga gripp tashxisi qo‘yilgan”. Ko‘pchilik yo‘lovchilar tunni aeroportda o‘tkazishga majbur bo‘lgan, parvozlar kechiktirilgan yoki umuman qoldirilgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tonga vaziyat me'yoriy holatga tushmoqda, ammo ayrim reyslar hamon ushlanib qolmoqda.

Top