09:00 / 02.12.2015
2998

Mark Tsukerberg Facebook aksiyalarining 99 foizini xayriya qilishini bildirdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg o‘zining birinchi farzandi dunyoga kelishi munosabati bilan kompaniyaning 99 foiz aksiyalarini xayriya qilishga va'da berdi.

"Biz Pristsilla bilan hayotimiz davomida Facebook aksiyalarining 99 foizini (bu 45 mlrd dollar degani) keyingi avlodning yaxshi umr kechirishi uchun xayriya qilib boramiz", degan Tsukerberg o‘z sahifasida qoldirgan postida.

Biroz oldinroq, u o‘z oilasida Maks ismli qizaloq tug‘ilgani haqida xabar berib, farzandi inson huquqlari himoyasi kafolatlangan farovon jamiyatda yashashiga ishonch bildirib o‘tgandi.

Top