Jahon | 01:01 / 02.12.2015
8977
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Su-24 voqeasidan so‘ng Turkiya havo hududi xavfsizligini yanada kuchaytiradi

NATO a'zolari Rossiyaning Su-24 samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng Turkiyaning havo hududining xavfsizligini oshirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi yozmoqda.

Ma'lum qilishlaricha, PZRK Patriot batareyasidan tashqari alyans Anqaraga qo‘shimcha himoya vositalarini taqdim etmoqchi.

Ma'lumotda keltirilishicha, voqeaga qadar AQSh Turkiyaga F-15 tutgichlarini yetkazib berilishini xabarini bergan edi. Shuningdek, Turkiya hududida Buyuk Britaniya aviatsiyasi ham harakatlana oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish