Jahon | 21:57 / 02.12.2015
4490
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Turkiya IShIDdan neft sotib olishga aloqadorligi haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi

AQSh Mudofaa vazirligi Turkiyaning IShID terrorchilaridan neft sotib olishga aloqadorligining isbotiga ega emasliklari ma'lum qilindi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati vakili Elissa Smitning bayonotiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Biz Turkiya hukumati neft kontrabandasi uchun IShID bilan til biriktirganligi haqidagi taxminlarni inkor etamiz. Biz bunday ayblovlarni qo‘llab-quvvatlovchi birorta isbot ko‘rmadik”, deb aytdi Smit.

Smitning aytishicha, Turkiya Suriya bilan chegaralari xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlari bilan choralar ko‘rmoqda.

“Bizning bu yerdagi maqsadimiz IShID kontrabandasining yo‘lini to‘sishdir”, deb aytdi Smit.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning oilasi IShIDdan neft sotib olishga aloqasi borligini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish