20:58 / 02.12.2015
2866

Peterburg politsiyasi norozilik o‘tkazayotgan yuk mashinalari haydovchilaridan 400 litr spirtli ichimlik musodara qildi

Sankt-Peterburgning Moskva tumani iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari yuk mashinalari turadigan turargohda qalbaki spirtli ichimlikning yirik partiyasini aniqlashdi, deb xabar bermoqda “Fontanka” portali. 

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 1 dekabrda Moskva shossesida yuk mashinalari haydovchilari ruxsat etilmagan norozilik namoyishi o‘tkazishi paytida politsiyalar avtomobil halqa yo‘lidagi avtoturargohni tekshirishgan.   

Ozarbayjon millatiga mansub kishiga tegishli bo‘lgan yuk mashinasidan 400 litr alkogol mahsuloti topilgan. Ular 5 litrlik kanistralarga solib chiqilgan bo‘lgan. Bu mahsulotning hujjatlari bo‘lmagan, yuk mashinasi haydovchisi spirtli ichimlik qayerdan olinganiga javob bera olmagan. 

Politsiya spirtli ichimliklarni musodara qilib, undan olingan namunalarni tekshirishga yubordi. Ayni paytda tergovgacha tekshiruv olib borilmoqda. 

Ta'kidlanishicha, “Platon” to‘lov tizimiga qarshi chiqayotgan yuk mashinalari haydovchilarining namoyishlari tufayli Sankt-Peterburgning janubiy chiqish yo‘llariga politsiyaning kuchaytirilgan bo‘limlari yuborilgan.

Top