O‘zbekiston | 11:02 / 02.12.2015
4712
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonga keladi

3 dekabr kuni Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari – stats-sekretar Grigoriy Karasin tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bergan.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston-Rossiya maslahatlashuvlarida qatnashadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish