Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Qatardan uzoq muddatga gaz import qiladi
Turkiyaning Botas davlat kompaniyasi Qatar milliy neft kompaniyasi bilan uzoq muddatga Turkiyaga gaz import qilish borasida tegishli memorandum imzoladi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Qatarga qilgan tashrifi chog‘ida Turkiyaga uzoq muddatga suyultirilgan gaz keltirish borasida muzokara o‘tkazgan. Avvalroq ikki mamlakat o‘rtasidagi bu import qisqa muddatli shartnoma asosida tuzilgani ma'lum qilingan edi.
2014 yilda Turkiya 47,6 mlrd kubometr gaz import qilgan. Rossiya gazining Turkiya importidagi ulushi 60 foizni tashkil etardi.