14:40 / 02.12.2015
2431

WSJ: Yahoo internet biznesini sotib yuborishi mumkin

Yahoo kompaniyasi direktorlar kengashi o‘zining Alibaba’dagi ulushi va umuman internet sohasidagi biznesini sotib yuborish to‘g‘risidagi taklifni muhokama qilmoqda, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Manbada keltirilishicha, kompaniya rivojlanishdagi salbiy tendensiyalarni yengib o‘ta olmagan, shu bois aksiyadorlar muqobil rivojlanish yo‘llarini o‘rganmoqda.
Kompaniya biznesining asosini saytlar tarmog‘i tashkil qiladi: Yahoo qidiruv servisi, Yahoo Mail pochta xizmati, Yahoo News yangilik agregatori va boshqalar.

Bundan tashqari, kompaniyaga Alibaba aksiyalarining 15 foizi yoki 30 mlrd dollarlik qismi tegishli.

Top