Jahon | 18:58 / 02.12.2015
8065
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda rekord darajadagi smog qayd qilindi

Noyabr oyining oxirida, Parijdagi BMT iqlimiy konferensiyasi arafasida Xitoy shimolida 2015 yildagi eng kuchli smog kuzatildi.
30 noyabr kuni NASA Xitoy shimoli-sharqi ustida sun'iy yo‘ldosh tarafidan olingan suratlarni chop etdi. Fotosuratda ko‘rinishicha, bulut to‘smagan aholijoylar to‘laligicha qo‘ng‘ir g‘ubor bilan qoplangan.


Bu suratlar tushirilgan kuni o‘pkaga kirib respirator va allegrik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan PM2,5 zarralarining havodagi konsentratsiyasi kubometrga 560 mikrogrammni tashkil qildi. Bir necha kun muqaddam Lyaonin viloyati markazi Shenyan shahrida ifloslanish darajasi 1 400 punktni tashkil qilib, me'yordan 56 marta o‘tib ketgan edi.
Shenchjenlik rassmo Pekinda 100 kun turib, kuchli chang yutkich yordamida havodan chang zarralarini to‘pladi. Ularni jipslab, “smogli g‘isht” oldi. Uning aksiyasi ko‘plab yirik nashrlar e'tiboridan chetda qolmadi.


1 dekabr kuni XXR hukumati vaziyatni murakkablashtirmaslik uchun 2 ming korxonaga faoliyatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdi. 2 dekabr kuni ifloslanish darajasi Pekinning ayrim tumanlarida pasaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish